Tizim ko‘pincha tanqid qilinadi, lekin aynan u mobil texnika bozorini «kulrang» xaosdan zamonaviy biznesga aylantirdi. Dalillarga qaraymiz 👇
🌐 Iqtisodiyot va foydalanuvchilar nima oldi?
«Oq» import 265 barobarga o‘sdi. UzIMEI'dan oldin qurilmalarning atigi 40% ga yaqini qonuniy olib kirilgan. Qolgani — kontrabanda edi. Hozir bozor toza.
Bojxona to‘lovlari 120 barobarga oshdi. Yuzlab milliard so‘m butun mamlakat bo‘ylab raqamlashtirish, IT-parklar va aloqa sifatini yaxshilash uchun byudjetga yo‘naltirilmoqda.
Qalbaki mahsulotlardan himoya. Kontrafakt sotib olish xavfi minimal darajaga tushirildi.
🤝 Jahon brendlari qanday munosabat bildirdi?
Oldinlari yirik brendlar (Apple, Samsung, Xiaomi va boshqalar) nolegal import qiluvchilarning dempingi tufayli O‘zbekistonga sarmoya kiritishdan qo‘rqishardi.
Bugun vaziyat boshqacha:
Jahon gigantlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni yo'lga qo'ymoqda va rasmiy xizmat ko‘rsatish markazlarini ochmoqda.
Interfeyslar va ovozli yordamchilarda o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlash paydo bo‘lmoqda.
Ishlab chiqaruvchilardan rasmiy chegirmalar, Trade-in dasturlari va ishonchli muddatli to‘lovlar bor.
💡 Dalil: O‘zbekistonning elektronika kontrabandasiga qarshi kurashish tajribasini hozirda MDHning boshqa davlatlari faol ravishda o‘rganmoqda va joriy etmoqda.
UzIMEI — mamlakatni siz ham, xalqaro investorlar ham himoyalangan raqamli davlatga aylantirish yo‘lidagi zarur qadamdir.
Do‘konlarda kafolatli rasmiy texnikalar ko‘payganini sezdingizmi? 👇