Bo’sh ish o’rinlari
“O‘zTTBRM” davlat unitar korxonasi yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish uchun quyida ko‘rsatilgan lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi:

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish uchun quyida ko‘rsatilgan lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:

Axborot va kiber xavfsizligi bo‘limi  boshlig‘i
 

Malakaviy talablar:

Oliy ma’lumot;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kamida 
3 yillik ish tajribasiga ega;

jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan;

o‘zbek, rus, ingliz tillarini mukammal bilish. 

Lavozim majburiyatlari:

Korxonaning tijorat sirlari va konfidensial hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va korxonaning axborot xavfsizligini ta’minlash;

axborot xavfsizligi sohasidagi faoliyatni rejalashtirish;

axborot xavfsizligi sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirish 
va faoliyatni muvofiqlashtirish;

axborot xavfsizligi sohasida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

axborot xavfsizligi sohasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etish; 

rasmiy, tijorat hamda xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni operativ qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;

qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan uslublar va vositalarni tahlil qilishda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish, tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Mobil qurilmalarni ro‘yhatga olish xizmati ro‘yxatga olish guruhi yetakchi muhandisi

Malakaviy talablar:

Oliy (bakalavr) ma’lumot;

telekommunikatsiya faoliyatida kamida 3 yil staj;

o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi. 

Lavozim majburiyatlari:

Tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslardan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun anketalar va arizalarni   shuningdek hisob varaqalar chiqarish;

mobil qurilmalar jismoniy shaxs tomonidan o‘rnatilgan bojxona normalaridan ortgan xolda olib kirilganda qo‘shimcha ravishda Bojxona yuk deklaratsiyasi yoki Bojxona kirim orderini;

yuridik shaxslardan (importyor va ishlab chiqaruvchilardan) mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini tegishli hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun anketalarni, shuningdek hisobvaraqalarni chiqarish;

O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimida hisobvaraqalar chiqarib berishga oid ishlarni bajarish;

    abonent raqamiga bog‘langan klonlangan yoki noto‘g‘ri IMEI-kodli mobil qurilmalarning IMEI-kodini yangi abonent raqamiga bog‘lash;

    ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan mobil qurilmaning IMEI-kodini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;

    Xizmat ish nomenklaturasiga o‘z vaqtida tegishli xujjatlarni joylashtirish;

    Zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni, shuningdek rahbariyat hamda bevosita boshliqning ko‘rsatmalari va farmoyishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

Iqtisodiy tahlil va tariflar bo‘limi boshlig‘i

Malakaviy talablar:

Oliy iqtisodiy yoki muhandis-iqtisodchi ma’lumot;

mazkur mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yil mehnat staji;

jamoa bilan ishlash, o‘z ishiga mas’uliyatli, xodimlarga nisbatan talabchanlik; 

o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi kerak.

Lavozim majburiyatlari:

Korxonaning Biznes-rejasini tayyorlash, rejaga oid-moliyaviy ishini tashkil qilish;

korxona tuzilmasi va shtat sonining tashkil qilinishini ta’minlash;

mehnatni tashkil qilish bo‘yicha axborot to‘plash va tahlil qilish;

statistik hisobotlarning sifatli tayyorlanishi va topshirilishini ta’minlash;

har chorakda Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati tahlilini o‘tkazish;

Korxona va uning bo‘linmalari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini iqtisodiy tahlil qilish;

mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha tejash rejimini ta’minlash;

rejaga oid vazifalarning bajarilishi, ichki xo‘jalik rezervlardan foydalanishni nazorat qilish va shu kabi iqtisodiy masalalar bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi. 

Telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish bo‘limi 
1-toifali muhandisi

Malakaviy talablar:

Oliy ma’lumot, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek, rus, ingliz tillarini mukammal bilishi. 

Lavozim majburiyatlari:

Avariyalar yuzaga kelishi sabablarini keyinchalik tahlil qilish uchun ma’lum davr davomida O‘zTTABTga ulangan operatorlarni boshqarish tizimlaridagi avariyali xabarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni bajarish;

Telekommunikatsiya uskunasi tarmoqlarining resurslari va operatorlar telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlari (O‘zTTABTga ulangan tarmoqlar) bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish;

O‘zTTABT bilan O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlarining o‘zaro ishlashini hisobga olgan holda tarmoq sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va boshqarish tizimlari ma’lumotlarini almashish masalalari bo‘yicha ular bilan o‘zaro ishlash;

O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarining ishini monitoring qilish, ehtimoliy risklarni aniqlash va tahlil qilish hamda ularni minimallashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston TTning ishlashi 
va barqarorligi sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni tayyorlash;

mobil aloqa operatorlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini belgilangan normativ hujjatlar va standartlarga muvofiqligi ustidan tizimli monitoring olib borish.

Elektrik (0,5 stavka)

Malakaviy talablar:

Kamida o‘rta-maxsus ma’lumot;

shu sohada 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat staji;

bilim va ko‘nikmalarga ega, mas’uliyatli va talabchan bo‘lish.

Lavozim majburiyatlari:

Elektrotexnika, radiotexnika, telemexanika, elektronik asoslarini, turli xil elektr mashina, apparat, o‘lchash vositalarining tuzilishi va sxemalarini, tansformator, kabel, hamda turli kuchlanish va qalinlikdagi elektr simlar bardosh beradigan yuqori me’yorlarni, ularni ta’mirlash va sozlash usullarini, elektr tarmog‘idagi va elektr asboblarning ishlatish jarayonida yuzaga keladigan shikastlanish alomatlari, sabablari va ularning xavfli oqibatlarini, ularni aniqlash va tuzatish usullarini, sanitar-texnik tizim qismlarining turlarini, quvurlarni ulash va mahkamlashni, po‘lat va polimer quvurli sanitar-texnik tizimlarni ta’mirlash usullarini bilish.

O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor dahasi 18 “A” uy 
(mo‘ljal 240- ATS binosi)

Aloqa uchun telefon: Kadrlar bo‘limi: (71) 240-53-56, Qabulxona: (71) 240-27-72

E-mail:  tmc@rtmc.uz;