Bo'limlar
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish bo'limi

Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish boʼlimi tarkibida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 31 martdagi 84-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan “OʼzTTBRM” DUKning yangi tashkiliy tuzilmasiga koʼra quyidagi guruhlar ish yuritadi: – Transport tarmoqlarini boshqarish guruhi; – Mobil tarmoqlarini boshqarish guruhi; – Kommutatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish guruhi; – Teleradioeshittirish tarmoqlarini boshqarish guruhi. Boʼlim oʼz faoliyatida Oʼzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, uning tuzilishi, modernizatsiya qilish hamda Favqulodda vaziyatlar va alohida davrda Oʼzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor texnik boshqaradi.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini tahlil qilish bo'limi

Boʼlim vazifalari; 
• maʼlumotlar va statistik hisobotlarning ishonchliligini oshirish; 
• maʼlumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish va sohalar boʼyicha modulli taqsimlangan statistik hisobotlarni yaratish; 
• huquqbuzarlik faktlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni Oʼzbekiston Respublikasi Аloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi nazorat inspektsiyasiga topshirish; 
• xizmatlar sifatini oshirish va shikoyatlarni kamaytirish jarayonlariga taʼsir koʼrsatish qobiliyati, bu foydalanuvchilarning telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlaridan maksimal darajada qoniqishiga olib keladi, telekommunikatsiyalar sohasida yagona texnik siyosatni olib borish, telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʼyicha davlat boshqaruvi organlari, telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar va provayderlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini taʼminlash va ularning texnik holati va favqulodda vaziyatlarda - idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, Oʼzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlaridan ustuvor darajada foydalanadi va ularni markazlashgan holda boshqaradi.

Axborot tizimlarini rivojlantirish bo'limi

Boʼlim 2007 yilda Texnik jarayonlar va avtomatlashtirish boʼlimi sifatida qayta tashkil etilib, korxonada mavjud tizimlarni monitoring qilish va texnik qoʼllab-quvvatlash, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish sohasidagi yangi loyihalar boʼyicha masʼul etib belgilandi. Аvtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi kundalik sharoitlarda va favqulotda vaziyatlarda Oʼzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya resurslari, tarmoqlaridan ustuvor darajada foydalanish va ularni markazlashgan holda boshqarish huquqi hamda mamlakat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari yoʼlida ularning barqaror ishlashini hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlashda yordam beradi.

Tezkor boshqaruv punkti

Tezkor boshqaruv punkti (TBP) “Oʼzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi (“OʼzTTBRM” DUK)ning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanadi. Oʼzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini (OʼzR TT) tezkor-texnik boshqaruvini amalga oshiradi. Oʼzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarining samarali ishlashini taʼminlaydi. Oʼzbekiston davlat hokimiyati va boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibot organlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslaridan ustuvor foydalanishni taʼminlaydi. Аvariya va favqulodda vaziyatlarda Oʼzbekistn Respublikasi tele kommunikatsiya tarmoqlarining qayta qurilishini boshqaradi. OʼzR TT holati toʼgʼrisida tezkor axborotni yigʼish, qayta ishlash va tahlil qilish hamda real vaqt masshtabida vaziyatga koʼra, ularni qayta qurish bilan shugʼullanadi. Tezkor boshqaruv punkti 49 Milliy boshqaruv markaz (MBM) lari boʼlinmalari va manfaatdorligi boʼyicha boshqa davlatlarning aloqa operatorlari bilan OʼzR TT holati boʼyicha, shuningdek MDH boshqa davlatlarining aloqa tarmoqlarining holati boʼyicha axborot bilan almashishni amalga oshiradi.

Normativ hujjatlar va sifat menejmenti boʼlimi

Boʼlimning vazifalari:
- normativ hujjatlar va standartlar elektron fondini yuritish;
- normativ hujjatlar bilan taʼminlash;
- normativ hujjatlarni joriy qilish;
- normativ hujjatlarni qoʼllash samaradorligi monitoringi;
- normativ hujatlar va standartlar loyihalarini ishlab chiqish;
- standartlashtirish boʼyicha ishlarni rejalashtirish;
- normativ hujjatlar toʼgʼrisidagi axborot bilan taʼminlash;
- SMTning Oz DSt ISO 9001:2015 Oʼzbekiston Davlat standarti talablariga muvofiq boʼlishini taʼminlash;
- SMT hujjatlari monitoringi;
- ichki auditlar oʼtkazish;
- SMT boʼyicha ichki oʼqitishni tashkil qilish;
- hujjatlarni boshqarish talablariga rioya qilishni nazorat qilish;
- SMT uchun javobgar shaxslarning hisobotlarini tahlil qilish hisoblanadi.

Mehnat muhofazasi

Mehnatni muhofaza qilish boʼyicha I toifali muhandis “OʼzTTBRM” DUK korxonasida mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil qiladi, raxbariyat va korxonaning boshqa boʼlinmalari bilan birgalikda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ularni mehnatni muhofaza qilish boʼyicha normativ hujjatlar talablarini bajarilishini taʼminlaydi.

Mobil qurilmalarni roʼyxatga olish xizmati

Boʼlim IMEI (International Mobile Equipment Identifier) – xalqaro oʼziga xos identifikatsiya kodlarini roʼyxatdan oʼtkazish, bu esa identifikatsiyalash tizimi mobil aloqa operatorlari tomonidan mobil qurilmalarni aniqlash, sifatli aloqa xizmatini taʼminlash, mobil aloqa vositalarini oʼgʼrilanishi va yoʼqolishi hamda konrafakt qurilmalar savdosi bilan bogʼliq jinoyatlarni kamaytirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy va axborot xavfsizligini taʼminlash boʼyicha amalga oshiriladigan choralarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Qoʼngʼiroqlarga xizmat koʼrsatish boʼlimi

Boʼlimning asosiy vazifasi fuqarolardan kelib tushadigan qoʼngʼiroqlarni sifatli qabul qilish xamda ularni statistik maʼlumotini muntazam ravishda yigʼib borish, qoʼngʼiroqlarga xizmat koʼrsatishni kompleks tahlil qilish, xizmat koʼrsatish boʼyicha vazifalarni optimallashtirish, statistik maʼlumotlarni doimiy ravishda yuritish va kelib tushayotgan qoʼngʼiroqlarni yoʼqotishsiz, sifatli qabul qilishni hisoblanadi.

Koʼchib oʼtgan raqamlarni muvofiqlashtirish boʼlimi

Boʼlimning aossiy vazifalari abonent raqamlarini koʼchirish, koʼchirilgan abonent raqamlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼzgartirish, abonent raqamini koʼchirish xizmatini toʼxtatib turish va koʼchirilgan abonent raqamini birlamchi operatorga qaytarish jarayoniga tegishli axborot bilan almashish ishlarini; 
- koʼchib oʼtgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi (keyingi oʼrinlarda KRMB)ni shakllantirish, yuritish, ishlashi va texnik kuzatuvi, rivojlanishini, shuningdek, undagi axborot va maʼlumotlarni yigʼish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, hamda KRMBdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash hisoblanadi.

Аxborot xavfsizligi xizmati

Аxborot xavfsizligi xizmatining asosiy vazifasi Oʼzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida halqaro ovozli trafikni oʼtkazishda qonun hujjatlari talablari buzilganligi holatlarini aniqlash va ular toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish hisoblanadi. Shu bilan birga, boʼlim Xorijiy, mahalliy kompaniya va tashkilotlarning tajribasini oʼrganish va tahlil qilish boʼyicha ishlarni tashkil etish va ularning natijalariga koʼra ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish va aloqa tarmoqlarida firibgarlikka qarshi kurashish usullarini oʼrganish, firibgarlik holatlarini oldini olish, aniqlash, baholash, tergov qilish va minimallashtirish boʼyicha chora-tadbirlar amalga oshirish bilan shugʼullanadi.

Kompleans nazorati

“Oʼzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” Davlat unitar korxonasi ham Korruptsion xolatni oldini olish maqsadida “OʼzTTBRM” DUKning 2020 yil 2 dekabrdagi 385-son buyrugʼi bilan korruptsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tarkibi, 2020 yil 22 dekabrdagi 392-sonli buyrugʼi doirasida xodimlar oʼrtasida manfaatli toʼqnashuvlarni oldini olish va uni bartaraf etish bilan shugʼullanadi.

Ijro intizomi va tashkiliy nazorat boʼlimi

Ijro intizomi va tashkiliy nazorat boʼlimi “Oʼzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi “OʼzTTBRM” DUKning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanadi. Ijro intizomi va tashkiliy nazorat boʼlimi tashqi va ichki normativ hujjatlarga muvofiq “OʼzTTBRM” DUKda ish yuritishni olib borish, hujjatlarning ijro muddatlari va ularnig toʼgʼri ijro etilishini tizimli nazorat qilish, Vazirlikdan (barcha ilovalari bilan) kiruvchi xat-xabarlarning asl nusxalari, shuningdek qonun hujjatlari rasmiy davriy nashrlarining saqlanishini va ularning butligi uchun javobgarlikni taʼminlash, “OʼzTTBRM” DUK hujjatlarining sifatli tayyorlanishi, toʼgʼri tuzilganligi, kelishilishi, tasdiqlanishini nazorat qilish hamda Korxonaning arxivini shakllantirish va yuritish, arxiv hujjatlarining hisobini va saqlanishini taʼminlash bilan shugʼillanadi.

Shartnomalar va hisoblash boʼlimi

Shartnomalar va hisoblash boʼlimining vazifasi “OʼzTTBRM” DUK tomonidan koʼrsatiladigan xizmatlarga boʻlgan talabni qondirish va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish maqsadida isteʼmolchilar bilan oʻzaro hamkorlik qilishdan iborat. Boʼlim davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlari bilan murojaatlarni markazlashtirilgan holda koʼrib chiqish, aloqa operatorlari tarmoqlarida kanallar va oqimlarni ijaraga berish boʼyicha shartnomalar tuzish va ularga xizmat koʼrsatishni amalga oshiradi.

Buxgalteriya boʼlimi

Boʼlimning asosiy vazifalari: - korxonaning buxgalter hisobini yoʼlga qoʼyish va yuritish boʼyicha ishlarni tashkil etish; - buxgalteriya hisoboti hisoblari ishchi rejasini tayyorlash va tasdiqlash; - buxgalteriya hisobi registrlarini yuritish; - buxgalteriya hisobi hisobdorligi axborot tizimini shakllantirish; - buxgalteriya hisobining uzviy qismi sanaluvchi koʼplab boshqa vazifalar. - Buxgalteriya korxonaning barqaror moliyaviy holatini, pul oqimlarining xolis tahlili, samarali boshqarilishini va rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni taʼminlaydi.

Kadrlar boʼlimi

Boʼlimning asosiy vazifalari:
- “OʼzTTBRM” DUKni malakali kadrlar bilan taʼminlash ishlarini olib borish;
- kadrlar siyosati masalalari boʼyicha biznes-rejani tayyorlashda ishtirok etish;
- shaxsiy tarkibining hisobini yuritish, ularni oʼqitish, malakasini oshirish ishlarini tashkillashtirish; 
- xodimlar mehnat taʼtillarining umumlashtirilgan jadvalini tuzish va tasdiqlangan mehnat taʼtillari jadvaliga rioya qilinishini nazorat qilish; 
- kadrlarga boʼlgan ehtiyojga qarab ularni tanlash va tayinlash boʼyicha olib boriladigan ishlarida ishtirok etish; 
- ishchilarni qabul qilish, boshqa joyga oʼtkazish va ishdan ozod etish, mehnat taʼtiliga chiqarish boʼyicha hujjatlar, buyruqlar va mehnat shartnomalarini oʼz vaqtida va mehnat qonunchiligiga koʼra toʼgʼri rasmiylashtirilishini tashkil etish; 
- attestatsiya komissiyasiga, shuningdek faxrli unvonlarni berish uchun “OʼzTTBRM” DUK kadrlari toʼgʼrisida zarur anketa maʼlumotlarini shakllantirishdan iborat.

Maxsus ishlar boʼlimi

Korxona obʼekti hududiga xavf soluvchi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir boʼlganda bartaraf etish boʼyicha hujjatlarini ishlab chiqadi. Obʼektning Fuqaro muhofazasi tuzilmasini tuzadi. Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti bilan hamkorlikda tuzilma va xodimlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash maqsadida ish joyida oʼquv mashgʼulotlarini tashkil qiladi. Olgan bilim va koʼnikmalarini amalda sinash maqsadida obʼekt hamda maxsus-taktik mashgʼulotlari oʼtkazadi. Obʼektning barqaror ishlashi uchun belgilangan vazifalarni amalga oshiradi. Korxonada yongʼin xavfsizligi boʼyicha ishlarni tashkil qiladi va yuritadi. Xodimlar bilan birlamchi va davriy yoʼl-yoʼriqlar oʼtkazish hamda tuman Favqulodda vaziyatlar boʼlimini jalb qilgan holda texnika va birlamchi oʼt oʼchirish vositalaridan amalda foydalanish namoyishini oʼtkazish ishlarini amalga oshiradi.

Yuridik byuro

Byuroning asosiy vazifalari:
1. “OʼzTTBRM” DUKning huquqni muhofaza qilish faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish; 
2. “OʼzTTBRM” DUK tomonidan ishlab chiqilgan (qabul qilingan) hujjatlar loyihalari qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish; 
3. “OʼzTTBRM” DUKda qonun ijodkorligi va huquqni muhofaza qilish faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish boʼyicha takliflar tayyorlashda uning boʼlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish; 
4. “OʼzTTBRM” DUK xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish va qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish. Bunda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ham faol foydalanish; 
5. Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini olib borish, “OʼzTTBRM” DUKning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash hisoblanadi.

Iqtisodiy tahlil va ta'riflar bo'limi

.

Umumiy boʼlim

Boʼlim Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq xarid qilish jarayoni boʼyicha zarur ishlarni bajaradi. Shu bilan birga, korxona infratuzilmasining ishga layoqatliligini, moddiy resurslarni shartnomalarda nazarda tutilgan muddatlarda yetkazib berilishini, ularning miqdori, sifati va butligini nazorat qilish va “OʼzTTBRM” DUKda saqlanishini taʼminlaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʼlimi

Boʼlimning asosiy vazifalari: 
Jismoniy va yuridik shaxslardan (Oʼzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlaridan) murojaatlarni, shuningdek korxonalar Murojaatchilardan kelib tushadigan murojaatlar va daʼvolarni oʼz vaqtida va sifatli koʼrib chiqilishi tashkil qilinishini taʼminlash. “OʼzTTBRM” DUKga Murojaatchilardan kelib tushgan yozma, ogʼzaki va elektron murojaatlarning koʼrib chiqilishi nazoratini yuritish. “OʼzTTBRM” DUKga Murojaatchilardan kelib tushgan yozma, ogʼzaki va elektron murojaatlar bilan ishlashni monitoring va tahlil qilish. Murojaatchilarning murojaatlari bilan “OʼzTTBRM” DUK ishlash tizimini takomillashtirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash boʼlimi

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirishda qatnashadi. Bundan tashqari, press-anjumanlar va brifinglarni tayyorlaydi va oʼtkazadi.