noy 15 2023
«O‘zTTBRM» DUK da “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan mamlakatimizda “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat fazilatlarini shakllantirish, davlat ramzlarining milliy davlatchiligimiz tarixi, bugungi mustaqil taraqqiyotimizda tutgan o‘rni va qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan,  «O‘zTTBRM» DUK da O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Akbarjon Komilovich Abduraimov O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i yaratilish tarixi va davlat ramzi sifatida uning ahamiyati haqida  o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi.  

Tadbirda taʼkidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i davlat suverenitetining ramzidir. Bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Milliy bayrog‘imizning davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston aʼzo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning shaʼni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi.

noy 01 2023
IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Face-ID talab qilinadi

Endi telefonlarni ro‘yxatga olishda onlayn tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilinadi.

Natijada sizning nomingizga boshqalar telefonni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Ayni vaqtda fuqarolar o‘z nomida bo‘lgan qurilmalarni onlayn tekshirish imkonini beruvchi tizimni joriy qilish ustida ham ishlanmoqda.

noy 01 2023
Mobil qurilmalarni olib kirishda deklaratsiya to‘ldiriladi!

Jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarni olib kirishda bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlaridan qat’iy nazar, deklaratsiya to‘ldiriladi!

Ya’ni, xorijdan yangi telefon olib kiryapsizmi, buni deklaratsiyada ko‘rsatib, "qizil" yo‘lakdan harakatlaning!

okt 30 2023
Mobil aloqa abonentlariga o‘z mobil raqamlarini saqlagan holda o‘zlari xohlagan mobil aloqa operatori xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi

27-oktabr kuni “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish xizmati (MNP) ishga tushirildi.

Xizmatning ishga tushirilishi mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari o‘rtasida sog‘lom, ijobiy raqobatni yanada kuchaytirish bilan birga ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi.

Uning qulayligi shundaki, endilikda abonentlar mobil aloqa operatorlarining xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab istalgan kompaniyani tanlashi mumkin.

Bu jarayonda mobil aloqa abonentlariga ular boshqa operatorga ko‘chganda o‘z abonent raqamini saqlab qolish imkoniyati taqdim etiladi. Bu raqam yo‘qotilishining oldini oladi hamda aloqa operatorlari tomonidan raqam resurslaridan yanada oqilona foydalanilishiga xizmat qiladi.

Mobil aloqa abonentlariga o‘z mobil raqamlarini saqlagan holda o‘zlari xohlagan mobil aloqa operatori xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining taqdim etilayotgani xizmatning eng qulay tomonidir.

Dastlabki bosqichda jismoniy shaxslar o‘zi o‘tishni xohlagan mobil aloqa operatori ofisiga tashrif buyurgan holda murojaat etadi hamda mobil raqami ko‘chirilgan yangi sim kartani olib ketadi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda Beeline, Mobi.uz, Ucell, UZTELECOM, Humans kabi 5 ta mobil aloqa operatori faoliyat ko‘rsatadi. Ular tomonidan mijozlarga mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Agar xizmatdan foydalanib, mobil aloqa operatori o‘zgartirilsa, ko‘chirilgan raqamlar o‘z shaklini va ko‘rinishini saqlab qoladi.

okt 30 2023
Mobil aloqa abonentlariga o‘z mobil raqamlarini saqlagan holda o‘zlari xohlagan mobil aloqa operatori xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi

Uning qulayligi shundaki, endilikda abonentlar mobil aloqa operatorlarining xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab istalgan kompaniyani tanlashi mumkin.
Bu jarayonda mobil aloqa abonentlariga ular boshqa operatorga ko‘chganda o‘z abonent raqamini saqlab qolish imkoniyati taqdim etiladi

Batafsil: www.mnp.uz