dek 08 2023
8-Dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Mamlakatimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori, barchamiz uchun muqaddas sanalgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31 yillik bayrami muborak bo‘lsin!

O‘zTTBRM» DUK jamoasi

dek 06 2023
Mening Konstitutsiyam 31 yoshda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2023 yil 16 noyabrdagi F-72-son farmoyishi bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra Yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, taʼlim va mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish belgilangan.

Mazkur farmoyish ijrosini bajarish maqsadida joriy yil 6 dekabr kuni "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUKda 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bo‘lim prokurori Quchqarov Xamidullo Abdurasulovich hamda Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Shonazarov Ulfat Ibrogim o‘g‘li o‘z maʼruzalari bilan qatnashishdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ushbu davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining baland ovozda yangrashi bilan unga ehtirom ko‘rsatgan holda boshlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligi taʼkidlanib, yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizda “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asos qilib olingani, yaʼni har bir moddada inson qadri, uning huquq va erkinliklari aks topgani qayd etildi.

dek 04 2023
Mening Konstitutsiyam 31 yoshda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-son farmoyishi bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, mahalliy hokimliklarda, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va oliy ta‘lim tashkilotlarida, mahallalarda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktantini tashkil etish qayd qilingan.

Mazkur farmoyish ijrosini bajarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyatini tushuntirish maqsadida "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK da xodimlar o‘rtasida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida diktant tashkil etildi.

okt 24 2023
"ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” haftaligi doirasida “LATRO-FZE” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

"ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK rahbariyati va “LATRO-FZE” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda istiqbolli loyihalar va mavjud muammolar, shuningdek, IT-sohasini rivojlantirish va hamkorlikning istiqboldagi yo‘llari muhokama qilindi.

noy 30 2023
Sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va  “O‘zTTBRM” DUKning 2023 yil 1 noyabrdagi 210-son qaroriga muvofiq, korxona xodimlari ishtirokida stol-tennisi, shashka va shaxmat bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur musobaqalarda 64 nafar xodim qizg‘in bahs olib borishdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilot tomonidan  esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

            Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida

                                                                                        

I - o‘rinni Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish bo‘limi 2-toifali muhandisi Shafkatullayeva Vasila Baxramdjanovna,

II - o‘rinni Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmatining 2-toifali muhandisi Pardakulova Diyora Rustam qizi,

III - o‘rinni Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish bo‘limi 2-toifali muhandisi Umarova Lola Nuridin qizi egalladi.

 

Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida

 

I - o‘rinni Tezkor boshqaruv punkti Katta dispetcheri Gapurov Olim Abasovich,

II - o‘rin - Mehnat muhofazasi bo‘yicha 1-toifali muhandisi Saraxodjayev Rustam Sayduganiyevich,

III - o‘rinni Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmati boshlig‘i Maksumov Daniyar Mixayminovich egalladi.

 

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan shashka musobaqasida

 

I - o‘rinni Fuqaro muhofazasi  bo‘yicha 1-toifali muhandisi Dusmanova Nodira Egamberdiyevna,

II - o‘rinni Ijro intizomi va tashkiliy nazorat bo‘limi 1-toifali muhandis Sultanova Sayyora Iskandarovna,

III - o‘rinni Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmatining 2-toifali muhandisi Pardakulova Diyora Rustam qizi egalladi.

 

Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan shashka musobaqasida

 

I - o‘rinni Mehnat muhofazasi bo‘yicha 1-toifali muhandisi Saraxodjayev Rustam Sayduganiyevich,

II - o‘rinni Shartnomalar va hisoblash bo‘limi boshlig‘i Zafarov Abror Zafar o‘g‘li,

III - o‘rinni Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish bo‘limi 1-toifali muhandisi

Mubashirov Shavkat Mamir o‘g‘li egalladi.

 

Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida

 

I - o‘rinni Iqtisodiy tahlil va tariflar bo‘limi yetakchi iqtisodchisi Umarov Baxriddin Nasirovich,

II - o‘rinni egallagan Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmati boshlig‘i  Maksumov Daniyar Mixayminovich,

III - o‘rinni egallagan Axborot tizimlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ko‘makov Albert G‘afurovich egalladi.