🗣O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish republika markazi jamoatchilik vakillarini ochiq muloqotga taklif qiladi

iyn 25 2026

2026-yil, 29-iyun kuni soat 10:00 da Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi binosida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sultonov Ayubxon hamda O‘zTTBRM rahbariyati ishtirokida raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul oʻtkaziladi. Sizni mazkur sayyor qabulga taklif etamiz!

✍️Qabulda davomida
➖ Internet xizmati;
➖ Mobil aloqa;
➖ Telekommunikatsiya;
➖ Pochta xizmati;
➖ AT ta’lim va AT yo‘nalishidagi o’quv markazlari faoliyati;
➖ IT Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
➖ AT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
➖ Sun’iy intellekt masalalari yuzasidan oʻz savollaringizga javob olishingiz mumkin.

❗️O‘z fikr-mulohaza takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

📍 Sayyor qabul manzili:
Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Milliy bogʻ koʻchasi 7-uyda joylashgan Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga qarashli Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi binosi