🔖Toshkent shahrida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

iyn 30 2026

📌Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi binosida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Sultonov hamda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Boxodir Gaibnazarov hamda “O‘zTTBRM” MChJ rahbariyati ishtirokida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🟢Sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan internet sifati va qamrovi, mobil aloqa va telekommunikatsiya xizmatlari, pochta aloqasi, raqamli ta’lim, IT Park rezidentligi, AT va logistika kompaniyalari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda sun’iy intellektni rivojlantirish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.