iyl 17 2026
🗓 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar

Joriy yilning 21-iyul kuni soat 16:00 da Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Namuna” MFY, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi 1-uyda joylashgan Nanay madaniyat uyi binosida Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Jamol Maxsudov hamda soha vakillari ishtirokida raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yigʻilishi oʻtkaziladi. Sizni mazkur sayyor qabulga taklif etamiz!

⚡️ Yig’ilishda quyidagi masalalar yuzasidan oʻz savollaringizga javob olishingiz mumkin:

🟢Internet xizmati;
🟢mobil aloqa;
🟢telekommunikatsiya;
🟢pochta xizmati;
🟢AT ta’lim va AT yo‘nalishidagi o’quv markazlari faoliyati;
🟢IT Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
🟢AT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
🟢sun’iy intellekt.

🤔 Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza, takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
 
Sayyor qabul manzili:

📍 Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Namuna” MFY, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, Nanay madaniyat uyi binosi

Murojaat uchun telefon:
📞 69 227-24-24

iyl 16 2026
1145 qisqa raqamini onlayn-auksionga qo‘yish to‘g‘risida e’lon

Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi 1145 qisqa to‘rt xonali raqami ochiq elektron savdoga qo‘yilishini ma’lum qiladi.

Qisqa raqamlardan foydalanish — korporativ aloqa uchun samarali va zamonaviy yechimdir. Bunday raqamning mavjudligi korxonalarga bir qator muhim afzalliklarni beradi:

Fuqarolar va mijozlar uchun qulaylik: to‘rt xonali kombinatsiyalar oson eslab qolinadi, bu esa kompaniyaga murojaat qilishni sezilarli darajada osonlashtiradi.

Ishni maqbullashtirish: mazkur format ko‘p kanalli koll-markazlar, ishonch telefonlari, yetkazib berish xizmatlari, taksi va ma’lumot xizmatlarini tashkil etish uchun juda mos keladi.

Imidj va ishonch: qisqa raqam tashkilotning ishonchliligini ta’kidlaydi va abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yordam beradi.

Savdolar Mobilraqam elektron savdo maydonchasida bo‘lib o‘tadi.

iyl 15 2026
Mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentyabrdagi 778 sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berish uchun "Jismoniy shaxslarga mobil qurilmalar IMEI-kodlarini Bojxona qo‘mitasi tomonidan deklaratsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi" mavzusida onlayn o‘quv-soati tashkil etildi. 

📌 Asosiy maqsad: 

Huquqiy savodxonlikni oshirish — xodimlarni mobil qurilmalarni olib kirish va IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi qonunchilik yangiliklaridan xabardor qilish. 

Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish — chegara orqali shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan telefonlarni bojxonada to‘g‘ri deklaratsiyalash tartibini tushuntirish. 

O‘quv soati davomida ishtirokchilarga quyidagi muhim tartib-qoidalar batafsil tushuntirib o‘tildi.

Deklaratsiya qilish tizimi: Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mobil qurilmalarni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatish tartibi. 

IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish: Bojxona qo‘mitasi bazasi hamda UZIMEI tizimining o‘zaro integratsiyasi asosida kodlarni faollashtirishning soddalashtirilgan va tizimlashtirilgan bosqichlari. 

Belgilangan cheklov va me’yorlar: Bojsiz olib kiriladigan qurilmalar me’yori va ularni belgilangan muddatlarda tizimda qayd etish tartibi. 

💡 Tadbir savol-javob va munozaralarga boy bo‘ldi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha texnik va huquqiy savollarga batafsil javob oldilar.

iyl 14 2026
🧯 Xavfsizlik eng muhimi: Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazida yong'in xavfsizligi bo'yicha o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi

2026-yil 10-iyul kuni O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi (O‘zTTBRM) xodimlari uchun yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha rejali amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Ushbu muhim tadbirda Markazimizning 40 nafar xodimi ishtirok etdi.

Maxsus taklif etilgan ekspert — "O'zbektelekom" AK "TMS Hub" xodimi A. Gorshnikov jamoa uchun batafsil yo'riqnoma berib o'tdi. Mashg'ulotlar davomida quyidagilarga alohida e'tibor qaratildi:

Yong'in yoki boshqa favqulodda vaziyat yuzaga kelganda xodimlarning o'zini tutish qoidalari va harakatlar algoritmi;

O't o'chirish moslamalari va boshqa birlamchi yong'in o'chirish vositalaridan qanday qilib to'g'ri foydalanishni ko'rgazmali amaliy namoyish etish.

Bunday o'quv mashg'ulotlari har bir xodim nafaqat nazariyani bilishiga, balki dastlabki bosqichlarda yong'inni o'chirish bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishiga qaratilgan.

Xodimlar xavfsizligi va mamlakat telekom-infratuzilmasining uzluksiz ishlashini himoya qilish — bizning mutlaq ustuvor vazifamizdir!

iyl 08 2026
⚡️ Новые стандарты честности: Семинар по противодействию коррупции

В Центре управления сетями телекоммуникаций прошел семинар, посвященный обновленным документам по противодействию коррупции. Главная цель — недопущение коррупционных действий и повышение прозрачности работы Центра. 

📌 Ключевые темы, которые обсудили на семинаре:

Оценка рисков: Как выявляются коррупционные риски в подразделениях и как предотвратить конфликт интересов. 
Тщательные проверки: Обязательная проверка контрагентов при государственных закупках и скрининг всех кандидатов при приеме на работу. 

Обучение и контроль: Непрерывное обучение сотрудников профессиональной этике и строгий регламент проведения служебных проверок при подозрениях на нарушения. 

📞 Столкнулись с неправомерными действиями? Сообщите нам:
По телефонам: короткий номер 1199 или +99855-505-00-19 (внутренние 10-20, 10-21). 

Онлайн: через сайты (www.rtmc.uz, www.uzimei.uz), соцсети Центра или Виртуальную приемную Президента (pm.gov.uz). 
Также принимаются устные личные обращения и сообщения через правоохранительные органы.