Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentyabrdagi 778 sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berish uchun "Jismoniy shaxslarga mobil qurilmalar IMEI-kodlarini Bojxona qo‘mitasi tomonidan deklaratsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi" mavzusida onlayn o‘quv-soati tashkil etildi.
📌 Asosiy maqsad:
Huquqiy savodxonlikni oshirish — xodimlarni mobil qurilmalarni olib kirish va IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi qonunchilik yangiliklaridan xabardor qilish.
Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish — chegara orqali shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan telefonlarni bojxonada to‘g‘ri deklaratsiyalash tartibini tushuntirish.
O‘quv soati davomida ishtirokchilarga quyidagi muhim tartib-qoidalar batafsil tushuntirib o‘tildi.
Deklaratsiya qilish tizimi: Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mobil qurilmalarni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatish tartibi.
IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish: Bojxona qo‘mitasi bazasi hamda UZIMEI tizimining o‘zaro integratsiyasi asosida kodlarni faollashtirishning soddalashtirilgan va tizimlashtirilgan bosqichlari.
Belgilangan cheklov va me’yorlar: Bojsiz olib kiriladigan qurilmalar me’yori va ularni belgilangan muddatlarda tizimda qayd etish tartibi.
💡 Tadbir savol-javob va munozaralarga boy bo‘ldi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha texnik va huquqiy savollarga batafsil javob oldilar.