may 06 2024
Qadimiy shaharlarga sayohat tashkil etildi

Joriy yil 4-5 may kunlari “O‘zTTBRM” DUK hamda tashkilotning kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan soha xodimlariga Nukus va Xiva shaharlaridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarga sayohat tashkil etildi. 

 

Sayohat davomida “O‘zTTBRM” DUK xodimlari birinchi Nukus shahridagi I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat sanʼat muzeyida bo‘lishdi.

 

I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat sanʼat muzeyining kolleksiyasi 90 000 dan ortiq eksponatdan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga rus avangardi, O‘zbekiston amaliy sanʼati, Qoraqalpog‘iston xalq amaliy sanʼati, qadimgi Xorazm sanʼati to‘plamlarini o‘z ichiga oladi. Mazkur muzey tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

Shuningdek, soha xodimlari sayohatning ikkinchi kunida o‘zining noyobligi  bilan ajralib turadigan “Xiva aloqa muzeyi”da ham bo‘lishdi.

 

Muzeyda turli davrlarga taalluqli 340 dan ortiq aloqa vositasi, mingga yaqin eksponat va fotosurat, 430 dan ziyod konvert va markalar saqlanmoqda. Jumladan, 1949 yilda ishlab chiqarilgan televizion qurilma yurtimizda ixtiro qilingan dunyodagi ilk televizor nusxasi asosida yaratilgan. Xodimlar bu yerda aloqa sohasining rivojlanish davrlari, tarmoqdagi o‘zgarish hamda yangilanishlar xususida keng tasavvurga ega bo‘lishdi.

 

Shundan so‘ng sayohatchilarimiz “Ochiq osmon ostidagi muzey”, deya taʼriflanadigan “Ichan qalʼa” meʼmoriy yodgorlik majmuasida bo‘lishdi.

 

26 gektar maydonda joylashgan mazkur majmua qurilishida meʼmorlar inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish uslubi (“qo‘sh”)dan foydalanishgan.

 

Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland qo‘rg‘ontepaga o‘xshab ko‘rinadi. Ichan qalʼaga 4 darvoza (Bog‘cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan.

 

Ichan qalʼa meʼmoriy yodgorliklari yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Ichan qalʼa ansambli meʼmoriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan. 1990 yildan Ichan qalʼa Butun jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan.

 

Xodimlar qadimiy ziyoratgohlarni ziyorat qilish bilan birga Xivaning tor ko‘chalarini kezib gumbazli hashamatli binolar, qadimiy qadamjolar hamda loysuvoq uylardan zavq olishdi.

 

Bir olam taassurot bilan qaytgan soha xodimlari tashkilot maʼmuriyati va kasaba uyushmasiga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.

may 02 2024
E‘lon!

O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktyabrdagi 680-qarori asosida “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va simsiz aloqa tarmog‘ini tashkil etish” loyihasi doirasida Wi-Fi tizimi va intellektual videokuzatuv tizimlari tarmog‘ini tashkil etish” loyihasi doirasida videokuzatuv tizimini xarid qilish rejalashtirilgan.

 Mazkur tizimlarni ishlab chiqish va videokuzatuv tizimi bilan ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘lgan yetkazib beruvchi kompaniyalar o‘z tijorat takliflaringizni uch kun muddatda tmc@rtmc.uz elektron manzilga taqdim etishingizni so‘raymiz.

Texnik topshiriq ilova qilinadi.

may 01 2024
Joriy yilning 1-iyun sanasidan “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ ning “MOBILRAQAM” (https://mobilraqam.uzex.uz) savdo platformasida onlayn elektron auksion orqali sotiladigan maxsus qisqa raqamlar roʻyxati:

Hudud

1-toifa

2-toifa

3-toifa

4-toifa

5-toifa

Soni, dona:

Toshkent sh.14111266, 1422--1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

20

Toshkent viloyati1222, 1411, 14141227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1068, 1069, 1083, 1087, 1089, 1134, 1261, 1263, 1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

34

Andijon viloyati14111266, 1422--1089, 1261, 1263, 1264, 1265,  1267, 1268, 1269, 1412, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

22

Buxoro viloyati14111227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1054, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

15

Sirdaryo viloyati1066, 1411, 14141227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1062, 1063, 1064, 1067, 1068, 1069, 1083, 1087, 1089, 1134, 1261, 1263, 1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

38

Jizzax viloyati1088, 14111227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1056, 1057, 1059, 1061, 1062, 1063, 1064, 1067, 1068, 1069, 1087, 1089, 1134, 1261, 1263, 1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

40

Qashqadaryo viloyati14111227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

17

Navoiy viloyati14111227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1263, 1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

25

Namangan viloyati----1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

11

Qoraqalpog‘iston Respublikasi----1425, 1426, 1427, 1428, 1429

5

Samarqand viloyati14111227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1134, 1261, 1263, 1264, 1265,  1267, 1268, 1269, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

26

Surxondaryo viloyati14111229, 1266, 1422--1067, 1068, 1069, 1083, 1087, 1089, 1134, 1261, 1263, 1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

30

Xorazm viloyati-1422--1425, 1426, 1427, 1428, 1429

6

Fargʻona viloyati--1430-1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

13

Oʻzbekiston Respublikasi-1337, 1338, 1339, 13661393-1281, 1294, 1368, 1369, 1371, 1372, 1375, 1376, 1378, 1379, 1381, 1382, 1384, 1385, 1386, 1387, 1389, 1391, 1392, 1394, 1395, 1396, 1397, 1398

29

Jami, dona:

 15

 47

 9

 0

 260

331

apr 30 2024
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tizimi" bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 162-son qarorida davlat ishtirokidagi qator korxonalar ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarini) xususiylashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasida "Mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tizimi"ga texnik xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Information Technology Center” MChJ ning ham 49 foiz ulushi sotuvga qo‘yilishi belgilab o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 847-son qarorida, O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi — Tizim operatori sifatida belgilangan. “Information Technology Center” MChJ esa tizimga texnik xizmat ko‘rsatadigan tashkilot hisoblanadi.

“Information Technology Center” MChJ ning 49 foiz ulushi xususiy sektorga o‘tgan taqdirda ham “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi tizim operatori sifatida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

apr 29 2024
O‘quv soati bo‘lib o‘tdi

Zoom platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv soatida korxonaning telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish va boshqarish xizmati bosh mutaxassisi A.Kumakov "Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ta’siri" mavzusida xodimlarga umumiy tushunchalar berib o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzida o‘tgan mazkur o‘quv soati yakunida xodimlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.