may 02 2024
E‘lon!

O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktyabrdagi 680-qarori asosida “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va simsiz aloqa tarmog‘ini tashkil etish” loyihasi doirasida Wi-Fi tizimi va intellektual videokuzatuv tizimlari tarmog‘ini tashkil etish” loyihasi doirasida videokuzatuv tizimini xarid qilish rejalashtirilgan.

 Mazkur tizimlarni ishlab chiqish va videokuzatuv tizimi bilan ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘lgan yetkazib beruvchi kompaniyalar o‘z tijorat takliflaringizni uch kun muddatda tmc@rtmc.uz elektron manzilga taqdim etishingizni so‘raymiz.

Texnik topshiriq ilova qilinadi.

may 01 2024
Joriy yilning 1-iyun sanasidan “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ ning “MOBILRAQAM” (https://mobilraqam.uzex.uz) savdo platformasida onlayn elektron auksion orqali sotiladigan maxsus qisqa raqamlar roʻyxati:

Hudud

1-toifa

2-toifa

3-toifa

4-toifa

5-toifa

Soni, dona:

Toshkent sh.14111266, 1422--1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

20

Toshkent viloyati1222, 1411, 14141227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1068, 1069, 1083, 1087, 1089, 1134, 1261, 1263, 1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

34

Andijon viloyati14111266, 1422--1089, 1261, 1263, 1264, 1265,  1267, 1268, 1269, 1412, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

22

Buxoro viloyati14111227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1054, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

15

Sirdaryo viloyati1066, 1411, 14141227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1062, 1063, 1064, 1067, 1068, 1069, 1083, 1087, 1089, 1134, 1261, 1263, 1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

38

Jizzax viloyati1088, 14111227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1056, 1057, 1059, 1061, 1062, 1063, 1064, 1067, 1068, 1069, 1087, 1089, 1134, 1261, 1263, 1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

40

Qashqadaryo viloyati14111227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

17

Navoiy viloyati14111227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1263, 1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

25

Namangan viloyati----1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

11

Qoraqalpog‘iston Respublikasi----1425, 1426, 1427, 1428, 1429

5

Samarqand viloyati14111227, 1228, 1229, 1266, 14221430-1134, 1261, 1263, 1264, 1265,  1267, 1268, 1269, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

26

Surxondaryo viloyati14111229, 1266, 1422--1067, 1068, 1069, 1083, 1087, 1089, 1134, 1261, 1263, 1264, 1265, 1267, 1268, 1269, 1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

30

Xorazm viloyati-1422--1425, 1426, 1427, 1428, 1429

6

Fargʻona viloyati--1430-1412, 1416, 1417, 1418, 1419, 1421, 1423, 1425, 1426, 1427, 1428, 1429

13

Oʻzbekiston Respublikasi-1337, 1338, 1339, 13661393-1281, 1294, 1368, 1369, 1371, 1372, 1375, 1376, 1378, 1379, 1381, 1382, 1384, 1385, 1386, 1387, 1389, 1391, 1392, 1394, 1395, 1396, 1397, 1398

29

Jami, dona:

 15

 47

 9

 0

 260

331

apr 30 2024
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tizimi" bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 162-son qarorida davlat ishtirokidagi qator korxonalar ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarini) xususiylashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasida "Mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tizimi"ga texnik xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Information Technology Center” MChJ ning ham 49 foiz ulushi sotuvga qo‘yilishi belgilab o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 847-son qarorida, O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi — Tizim operatori sifatida belgilangan. “Information Technology Center” MChJ esa tizimga texnik xizmat ko‘rsatadigan tashkilot hisoblanadi.

“Information Technology Center” MChJ ning 49 foiz ulushi xususiy sektorga o‘tgan taqdirda ham “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi tizim operatori sifatida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

apr 29 2024
O‘quv soati bo‘lib o‘tdi

Zoom platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv soatida korxonaning telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish va boshqarish xizmati bosh mutaxassisi A.Kumakov "Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ta’siri" mavzusida xodimlarga umumiy tushunchalar berib o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzida o‘tgan mazkur o‘quv soati yakunida xodimlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

apr 26 2024
“Toshkent” xalqaro aeroportida Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Respublikamizga turizm va boshqa maqsadlarda kirib kelayotgan norezident va rezident fuqarolariga qulay sharoit yaratish maqsadida Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining mehmonlarni kutib olish zalida joriy yil 24 apreldan Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda, fuqarolar tomonidan respublika hududiga olib kirilayotgan mobil qurilmalarni aeroportning o‘zida ro‘yxatga olishlari va shu bilan o‘zlarining vaqt va ortiqcha xarajatlarni tejab qolishlari mumkin bo‘ladi.