🚨 Doimiy shaylik: favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish kerak?

iyl 22 2026

BMT statistikasiga ko‘ra, dunyoda har yili millionlab insonlar hayotiga ta'sir ko'rsatadigan 400 dan ortiq yirik tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar sodir bo'ladi.

Amaliyot shuni ko'rsatadiki, jiddiy vaziyatlarda eng asosiy xavf — bu sarosimaga tushishdir. Shuning uchun xodimlarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilish algoritmlariga muntazam o'qitish shunchaki rasmiyatchilik emas, balki kerakli vaqtda hayotni saqlab qoladigan va zararni minimallashtirishga imkon beradigan eng muhim ko'nikmadir.

Ushbu mas'uliyatni anglagan holda, 22-iyul kuni O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi xodimlari uchun tabiiy va texnogen xarakterdagi xavf-xatarlar yuzaga kelganda xavfsizlik va o'zini tutish qoidalariga bag'ishlangan muhim profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.

FVV huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti Radiatsion-kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza kafedrasi o'qituvchisi, maxsus taklif etilgan ekspert M. Tinibekov o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida mutaxassis quyidagilarni batafsil tushuntirib o'tdi:

- atrofdagi vaziyatni to'g'ri va tez baholashni;
- turli xavf-xatarlarga tezkor munosabat bildirish algoritmlarini;
- xavfsiz evakuatsiyani to'g'ri tashkil etishni;
- vahima va tartibsizlikka yo'l qo'ymagan holda o'zini himoya qilish va hamkasblarga yordam berishni.

Bunday treninglar xodimlarning nazariy jihatdan tayyor bo'lishlariga, har qanday favqulodda vaziyatda birgalikda va maksimal darajada samarali harakat qilishni tushunishlariga yordam beradi.

🛡 Jamoa xavfsizligi — har doim ustuvor vazifa!