O‘quv soati bo‘lib o‘tdi

avg 03 2023

Zoom platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv soatida “O‘zTTBRM” DUKning Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish bo‘limi Transport tarmoqlarini boshqarish guruhi yetakchi muhandisi Albert Kumakov “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasida Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini kommutator va marshrutizatorlar asosida qurishi haqida xodimlarga umumiy tushunchalar berib o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzida o‘tgan mazkur o‘quv soati yakunida xodimlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.