Targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

apr 28 2023

“O‘zTTBRM” DUK binosida “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda “O‘zTTBRM” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Meliboyev va  direktor o‘rinbosari I.Umarov korxona xodimlariga yangi tahrirdagi konstitutsiyada aks ettirilayotgan normalarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida atroflicha maʼlumot berib o‘tdi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya ijtimoiy, demokratik, huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratishi, aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi hamda fuqarolar hayotining barcha sohalarini liberallashtirishda muhim omil bo‘lishi, shu o‘rinda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishi alohida taʼkidlandi.