Bo'linmalar
Tashkiliy tuzilma
Muassasa tarkibidagi asosiy bo'linmalar va ularning vazifalari

Telekommunikatsiya masalalari bo‘yicha axborot-tahlil bo‘limi
Tog‘aev Asad Nasrullaevich
Bo‘limining asosiy vazifalari:
- Telekommunikatsiya sohasiga tegishli xalqaro reytinglarni doimiy ravishda o‘rganish;
- Telekommunikatsiya yo‘nalishida xalqaro reyting va indekslarni yuritib boruvchi xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ma’lumotlar almashish va telekommunikatsiya masalalari bo‘yicha axborot-tahlil ishlarini olib borish;
- O‘zbekistonning Telekommunikatsiya sohasiga oid xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash hamda uni boshqa xalqaro reyting va indekslarga kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish;
- Xalqaro reytinglar, telekommunikatsiya sohasiga doir ilg‘or xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalarni tahlil qilib borish.
tmc@rtmc.uz
+998 71-240-01-75
Bo‘lim boshlig‘i

Shartnoma va xaridlar bo'limi
Mirsadikov Mirsagdulla Mirkamalovich
Boʼlimning asosiy vazifalari:
- Yuridik shaxslar bilan shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, tuzish va ularni yuritish;
- Shartnomalar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
- “O‘zTTBRM” MCHJ faoliyatini to‘laqonli yuritish uchun zarur bo‘lgan tovarlar, xizmatlar, qurilish ishlari va boshqa tovar-moddiy boyliklarni xaridlarini tashkil etish borasida:
- Talabnoma (ariza)larni markazlashtirilgan tarzda ko‘rib chiqish;
- Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish;
- Elektron xarid qilishni to‘g‘ri tashkil qilish.
m.mirsadikov@rtmc.uz
+998 55-505-00-19 (1030)
Bo‘lim boshlig‘i

Xalqaro munosabatlar bo‘limi
Djalalova Shaxzoda Baxodirovna
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- Korxonaning xorijiy davlatlar, tashkilotlar va hamkor kompaniyalar bilan aloqalarini rivojlantirish;
- Hamkorlik loyihalari va kelishuvlarini muvofiqlashtirish;
- Delegatsiyalar tashrifi hamda xizmat safarlarini tashkil etish;
- Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy etish;
- Konferensiya, seminar va forumlarda korxona manfaatlarini ifodalash, shuningdek hamkorlikka oid rasmiy hujjatlar va yozishmalarni yuritish.
international@rtmc.uz
+998 55-505-00-19 (1037)
Bo‘lim boshlig‘i

Ko‘chib o'tgan raqamlarni muvofiqlashtirish bo'limi
Turaxodjayev Saidazim Saidakbarovich
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- Ko‘chib o‘tgan raqamlar markazlashtirilgan bazasini shakllantirish, yuritish, ishlashi va texnik kuzatuvi, rivojlanishini, shuningdek, undagi axborot va ma’lumotlami yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, hamda KRMBdan foydalanish imkoniyatini ta’milnash;
- Abonent raqamlarini ko‘chib o‘tishini ta’minlash uchun mobil aloqa operatorlari (provayderlari) tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va uzatishni avtomatlashtirish va muvofiqlashtirish;
- Abonent raqamlarini ko‘chirish, ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlami o‘zgartirish, abonent raqamini ko‘chirish xizmatini to‘xtatib turish va ko‘chirilgan abonent raqamini birlamchi operatorga qaytarish jarayoniga tegishli axborot bilan almashish ishlarini ta’minlash;
- Abonent raqamlarini koʻchirish jarayonida yuzaga keladigan operator-resipient va operator-donorning oʻzaro ishlashlari muvofiqlashtirish;
- Aloqa ma’muriyatlarini milliy boshqaruv markazlari va xorijiy mamlakatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari bilan raqam resurslari masalalari boʻyicha o‘zaro hamkorlik;
- Raqamlash sig‘imini, signalizasiya punktlarining kodlarini ajratish uchun arizalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish, shuningdek, ma’lumot xizmatlari uchun qisqa maxsus raqamlarni ajratish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
- O‘zbekiston Respublikasining raqamlash rejasi, 7-son UKS tarmoq signalizatsiyasi punktlarining kodlari, MDH, uzoq xorij mamlakatlari va O‘zbekiston kodlarining tasniflagichlari ma’lumotlari bazalarini yaratish va yuritish;
- “O‘zbektelekom” AK filiallari, operatorlar, MDH va uzoq xorij mamlakatlariga O‘zbekiston Respublikaning raqam resurslardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar berish;
- Mobil aloqa operatorlari (provayderlari), to‘lov tizimi operatorlari va kontent provayderlari va “O‘zTTBRM” MCHJ o‘rtasida shartnomalar, kelishuvlarda belgilangan vazifalar, shuningdek tegishli normativ hujjatlar va Raqamli texnologiyalar vazirligining tegishli buyruqlari, farmoyishlari bilan belgilanadigan vazifalarni bajarish.
saidazim@uzimei.uz
+998 55-505-00-19 (1033)
Bo‘lim boshlig‘i

Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmati
Azimov Otabek Anvarovich
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimining ishlash qobiliyatini ta’minlash maqsadida uning holatini muntazam monitoring, tahlil qilish va baholash. Bo‘limning vakolatiga oid muzokaralarini olib borish;
- mobil qurilmalarning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiyalash kodi (keyingi o'rinlarda - IMEl-kod) bo‘yicha yo‘qotilgan (o‘g‘irlangan) mobil qurilmalarni kuzatish yoki "Qora ro‘yxat"ga kiritish/chiqarish, mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini klonlashtirishni oldini olish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda - IIV) bilan tezkor ravishda o‘zaro ishlash;
- tuzilgan kelishuvlar asosida "Global System for Mobile Communication Association" (keyingi o‘rinlarda - GSMA) va Tizim o‘rtasida ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida va sifatli almashinish ishlarini olib borish;
- davr talablariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlaridagi o‘zgarishlarga moslashish maqsadida Tizim imkoniyatlarini takomillashtirish;
- mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan so‘rovnomalarni qabul qilish;
- mobil qurilmalarni ro‘yxatga olishni takomillashtirish magsadida mobil qurilmalarni ishlab chiqaruvchi tashkilot (vakolatxona)lar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
- mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish sohasida, klonlangan, o‘g‘irlangan, yo‘qotilgan va jinoiy faoliyat bilan bog’liq mobil qurilmalar bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan o‘zaro hamkorlini amalga oshirish.
o.azimov@rtmc.uz
+998 55-505-00-19 (1041)
Xizmat boshlig‘i

Iqtisodiyot, rejalashtirish va ta'riflar bo‘limi
Umarov Ikrom Shavkatovich
Bo‘limining asosiy vazifalari:
- Moliyalashtirish va iqtisodiy tahlil faoliyatining yanada takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va amalga oshirish;
- “O‘zTTBRM” MChJning iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish, jumladan iqtisodiy hisob va hisobotlarni to‘g‘ri yuritish va tahlil qilish, xarajatlar smetasini shakllantirish va ijrosini tahlil qilish, amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan shartnomaviy munosabatlarni muvofiqlashtirish va moliyalashtirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
- Biznes-reja ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va rahbariyat bilan kelishish;
- Korxona tuzilmasi va shtat birliklari sonini tashkil qilinishida ishtirok etish;
- O‘z vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha statistika hisobotlarining o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishini ta’minlash;
- “O‘zTTBRM” MChJ biznes-rejasining bajarilishi tahlilini amalga oshirish;
- Korxona va uning bo‘linmalari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) iqtisodiy tahlilini amalga oshirish.
ikrom@rtmc.uz
+998 55-505-00-19 (1014)
Bo‘lim boshlig‘i

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi
Djumanov Xayrulla Abdulladjanovich
Boʼlimning asosiy vazifalari:
- Jismoniy va yuridik shaxslardan (rezident va norezidentlar) murojaatlarni, shuningdek korxonalar murojaatchilardan kelib tushadigan murojaatlar va daʼvolarni oʼz vaqtida va sifatli koʼrib chiqilishi tashkil qilinishini taʼminlash;
- “OʼzTTBRM” MCHJga murojaatchilardan kelib tushgan yozma, ogʼzaki va elektron murojaatlarning koʼrib chiqilishi nazoratini yuritish;
- “OʼzTTBRM” MCHJga murojaatchilardan kelib tushgan yozma, ogʼzaki va elektron murojaatlar bilan ishlashni monitoring va tahlil qilish;
- Murojaatchilarning murojaatlari bilan “OʼzTTBRM” MCHJ ishlash tizimini takomillashtirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.
x.djumanov@uzimei.uz
+998 55-505-00-19 (1040)
Bo‘lim boshlig‘i

Davlat tadbirlarining texnik ta'minotini muvofiqlashtirish xizmati
Otabekov Oybek Yusuf o‘g‘li
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- Davlat tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuklatilgan vazifalar doirasida zarur texnik va tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish;
- Davlat tadbirlarini oʻtkazishda zarur texnik uskuna, vosita va telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash hamda ularning uzluksiz ishlashini nazorat qilish;
- Davlat tadbirlari tashkillashtirilishida tegishli tashkilot va korxonalar bilan hamkorlikda ishlarni yo‘lga qo‘yish.
o.otabekov@rtmc.uz
+998 55-505-00-19 (1029)
Xizmat boshlig‘i

Yuridik byuro
Alimova Zuxra Yusupovna
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- “OʼzTTBRM” MCHJning huquqni muhofaza qilish faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;
- “OʼzTTBRM” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan (qabul qilingan) hujjatlar loyihalari qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish;
- “OʼzTTBRM” MCHJda qonun ijodkorligi va huquqni muhofaza qilish faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish boʼyicha takliflar tayyorlashda uning boʼlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- “OʼzTTBRM” MCHJ xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish va qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish. Bunda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ham faol foydalanish;
- Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini olib borish, “OʼzTTBRM” MCHJning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash hisoblanadi.
z.alimova@rtmc.uz
+998 55-505-00-19 (1006)
Byuro boshlig‘i

Tezkor boshqaruv markazi
Xudayberdiyev Husenjon Nusratovich
Markazning asosiy vazifalari:
- Oʼzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor ma’muriy boshqaruvini amalga oshiradi. Oʼzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarining samarali ishlashini taʼminlaydi;
- Oʼzbekiston davlat hokimiyati va boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibot organlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslaridan ustuvor foydalanishni taʼminlaydi;
- Аvariya va favqulodda vaziyatlarda Oʼzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarining qayta qurilishini boshqaradi;
- Oʼzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari holati toʼgʼrisida tezkor axborotni yigʼish, qayta ishlash va tahlil qilish hamda real vaqt masshtabida vaziyatga koʼra, ularni qayta qurish bilan shugʼullanadi;
- Tezkor boshqaruv markazi Milliy boshqaruv markazi (MBM) boʼlinmalari va manfaatdorligi boʼyicha boshqa davlatlarning aloqa operatorlari bilan Oʼzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari holati boʼyicha, shuningdek MDHga a'zo boshqa davlatlarning aloqa tarmoqlarining holati boʼyicha axborot bilan almashishni amalga oshiradi;
- Oʼzbekiston Respublikasidagi mobil aloqa operatorlarining tayanch baza stansiyalari holati toʼgʼrisida axborotlarni yigʼish va qayta ishlash bilan shug’ullanadi.
husenjon@rtmc.uz
+998 71-238-19-60
Markaz boshlig‘i

Buxgalteriya
Axmedova Saodat Aminjanovna
Boʼlimning asosiy vazifalari:
- Korxonaning buxgalter hisobini yoʼlga qoʼyish va yuritish boʼyicha ishlarni tashkil etish;
- Buxgalteriya hisoboti hisoblari ishchi rejasini tayyorlash va tasdiqlash;
- Buxgalteriya hisobi registrlarini yuritish;
- Buxgalteriya hisobi hisobdorligi axborot tizimini shakllantirish;
- Buxgalteriya hisobining uzviy qismi sanaluvchi koʼplab boshqa vazifalar;
- Buxgalteriya korxonaning barqaror moliyaviy holatini, pul oqimlarining xolis tahlili, samarali boshqarilishini va rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni taʼminlaydi.
axmedova@rtmc.uz
+998 55-505-00-13
Bosh buxgalter
Loyihalarni marketing qilish bo‘limi
Babajanov San’atbek Madiyorovich
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- “O‘zTTBRM” MCHJda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyaviy barqarorligini muntazam monitoringini hamda moliyaviy-iqtisodiy tahlilini amalga oshirish;
- Daromad, xarajat va foyda dinamikasini tahlil qilish orqali moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini baholash ;
- Moliyaviy tavakkalchilikni oldidan aniqlash va kamaytirish choralarini ko'rish;
- “O'zTTBRM” MCHJ marketing strategiyasini ishlab chiqish vа amalga oshirish;
- Amaldagi loyihalar samaradoгligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish hamda foydalanuvchilаr auditoriyasini kengaytirish;
- Jahon tajribasi vа global tendensiyalarni o‘rganish, ularni mahalliy sharoitga mos ravishda yangi yoki takomillashtirilgan loyihalar ko‘rinishida tatbiq etish;
- Mavjud vа istiqboldagi loyihalarga xorijiy mamlakatlardagi ehtiyojni o‘rgangan holda ularni xorijda joriy etish;
- IT раrk va uning xorijdagi vakolatxonalari, shuningdek respublikadagi davlat va tijorat tashkilotlari bilan loyihalarni tadbiq etish ishlarini tashkillashtirish;
- Loyihalarning iqtisodiy asoslari va natijadorligini baholash, ularning bаrqаrоr rivojlanishini ta‘minlash;
- Iqtisodiyot tarmoqlarining faoliyatini о‘rgаngаn holda “O'zTTBRM” MCHJ loyihalaгini iqtisodiyotning muаууаn sohalarida tadbiq etish choralarini ko‘rish;
- Yangi loyihalarning moliyaviy samaradorligini, tavakkalchilik darajasini vа bozor imkoniyatlarini baholash;
- Loyihalar holati, moliyaviy barqarorlik vа marketing faoliyati bo‘yicha tahliliy mа’lumotlar va hisobotlar tayyorlash.
babajanov@ttbrm.uz
+998 55-505-00-19 (1031)
Bo‘lim boshlig‘i

Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi
Orifjonov Axmadjon Odiljon o‘g‘li
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
- axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash
- ekspertlar guruhini shakllantirish;
- matbuot tadbirlarini tashkillashtirish va oʼtkazish.
a.orifjonov@rtmc.uz
+99855 505-00-19 (1017)
Bo‘lim boshlig‘i

Normativ hujjatlar va sifat menejmenti bo‘limi
Inogamov Sherzod Rahmatullayevich
Bo‘limning vazifalari:
- Normativ hujjatlar va standartlar elektron fondini yuritish;
- Normativ hujjatlar bilan taʼminlash;
- Normativ hujjatlarni joriy qilish;
- Normativ hujjatlarni qoʼllash samaradorligi monitoringi;
- Normativ hujjatlar va standartlar loyihalarini ishlab chiqish;
- Standartlashtirish boʼyicha ishlarni rejalashtirish;
- Normativ hujjatlar toʼgʼrisidagi axborot bilan taʼminlash;
- SMTning O'z DSt ISO 9001:2015 O'zbekiston Davlat standarti talablariga muvofiq boʼlishini taʼminlash;
- SMT hujjatlari monitoringi;
- Ichki auditlar oʼtkazish;
- SMT boʼyicha ichki oʼqitishni tashkil qilish;
- Hujjatlarni boshqarish talablariga rioya qilishni nazorat qilish;
- SMT uchun javobgar shaxslarning hisobotlarini tahlil qilish hisoblanadi.
sh.inogamov@rtmc.uz
+998 55-505-00-19 (1016)
Bo‘lim boshlig‘i

Ijro intizomi va tashkiliy nazorat bo‘limi
Asrankulova Rano Kasimjanovna
Boʼlimining asosiy vazifalari:
- Ijro intizomi va tashkiliy nazorat boʼlimi tashqi va ichki normativ hujjatlarga muvofiq “OʼzTTBRM” MCHJda ish yuritishni olib borish;
- Hujjatlarning ijro muddatlari va ularning toʼgʼri ijro etilishini tizimli nazorat qilish;
- Vazirlikdan (barcha ilovalari bilan) kiruvchi xat-xabarlarning asl nusxalari, shuningdek, qonun hujjatlari rasmiy davriy nashrlarining saqlanishini va ularning butligi uchun javobgarlikni taʼminlash;
- “OʼzTTBRM” MCHJ hujjatlarining sifatli tayyorlanishi, toʼgʼri tuzilganligi, kelishilishi, tasdiqlanishini nazorat qilish hamda Korxonaning arxivini shakllantirish va yuritish;
- Arxiv hujjatlarining hisobini va saqlanishini taʼminlash bilan shugʼillanadi.
tmc@rtmc.uz
+998 55-505-00-07
Bo‘lim boshlig‘i

Telekommunikatsiyalar xizmati
Tulaganov Abdurasul Abduxamedovich
Boʼlimning asosiy vazifalari:
- Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali ishlashini taʼminlash, telekommunikatsiya resurslaridan oqilona foydalanish
va rivojlantirishni taʼminlash, telekommunikatsiya operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari operator va provayderlarning tarmoqlarini muvofiqlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish, davlat hokimiyati va boshqaruvi, mudofaa va davlat xavfsizligi organlari manfaatlariga muvofiq tarmoqlardan ustuvor foydalanishni taʼminlash, telekommunikatsiya xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni toʻliq qondirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi; - O‘zbekiston Respublikasi Kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi
va operatorlar, provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati hamda telekommunikatsiya tarmoqlari holatining belgilangan talablarga muvofiqligini tizimli monitoring qilish hamda telekommunikatsiya tarmogʻidagi avariyalar, shikastlanishlar toʻgʻrisida maʼlumot toʻplaydi, shuningdek, tarmoq sifat koʻrsatkichlari oʻzgarishi dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlaydi va Vazirlikka taqdim etadi; - kundalik sharoitlarda hamda favqulodda holat va vaziyatlarda xorijiy davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish milliy markazlari bilan telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va telekommunikatsiya resurslaridan oʻzaro foydalanish boʻyicha hamkorlik qiladi;
- kundalik sharoitlarda maxsus isteʼmolchilarni aloqa xizmatlari bilan maksimal darajada qondirish uchun telekommunikatsiya tarmogʻi resurslaridan oqilona foydalanish va rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining tarmoqlarini markazlashgan hamda tezkor maʼmuriy boshqarish, tarmoqlar holatining tizimli monitoringini yuritish va taqdim etilayotgan xizmatlarning sifat koʻrsatkichlariga muvofiqligini baholash;
- favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish rejasini tayyorlashda ishtirok etish;
- favqulodda holat va vaziyatlarda operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish rejalariga muvofiq oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish;
- avariya holatlarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa
va xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlari manfaatlari yoʻlida foydalaniladigan aloqalarni tiklash boʻyicha telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining harakatlarini muvofiqlashtiradi; - yangi aloqa kanallarini tashkil qilishda, profilaktika ishlarini olib borishda maxsus isteʼmolchilar va umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi.
a.tulaganov@rtmc.uz
+998 55-505-00-19 (1023)
Xizmat boshlig‘i

Аxborot xavfsizligi va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi
Zafarov Abror Zafar o'g'li
Bo‘limining asosiy vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni oʼtkazishda qonun hujjatlari talablari buzilganligi holatlarini aniqlash va ular toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish;
- Xorijiy, mahalliy kompaniya va tashkilotlarning tajribasini o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
- Ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
- Aloqa tarmoqlarida firibgarlikka qarshi kurashish usullarini o‘rganish;
- Firibgarlik holatlarini oldini olish, aniqlash, baholash, surishtirish va minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirish.
abror@rtmc.uz
+998 55-505-00-19 (1038)
Bo‘lim boshlig‘i

Bank va to‘lov tashkilotlarida frodlarni oldini olish bo‘limi
Kayumov Azizbek Tolibjonovich
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- banklar, moliya institutlari va to‘lov tashkilotlarida joriy etilgan dasturiy mahsulotlarning uzluksiz, tashkilotlar o‘rtasida axborot almashinuvi xavfsizligini va samarali ishlashini ta’minlash;
- bank axborot tizimlari, to‘lov tizimlari, antifrod modullari va boshqa integratsion platformalarning ishlash jarayonlarini muvofiqlashtirish;
- banklar, moliya institutlari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovasi orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalar xavfsizligiga ko‘maklashish, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali sodir etilishi mumkin bo‘lgan firibgarlik faoliyatining oldini olish;
- bank tizimlarida joriy etilgan yangi funksional imkoniyatlarni sinovdan o‘tkazish va foydalanishga topshirish jarayonlarida ishtirok etish;
- banklar, moliya institutlari va to‘lov tashkilotlarida axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash va ularning barqaror ishlashini monitoring qilish.
a.kayumov@rtmc.uz
+998 55-505-00-19 (1099)
Bo‘lim boshlig‘i

Maxsus ishlar bo‘limi
Kurbanov Alisher Shuxratovich
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- Korxona obyekti hududiga xavf soluvchi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir boʼlganda bartaraf etish boʼyicha hujjatlarini ishlab chiqadi;
- Obyektlarda Fuqaro muhofazasi tuzilmasini tuzadi va Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti bilan hamkorlikda tuzilma va xodimlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash maqsadida ish joyida oʼquv mashgʼulotlarini tashkil qiladi;
- Olgan bilim va koʼnikmalarini amalda sinash maqsadida obyektlarda maxsus-taktik mashgʼulotlar oʼtkazadi;
- Obyektning barqaror ishlashi uchun belgilangan vazifalarni amalga oshiradi. Korxonada yongʼin xavfsizligi boʼyicha ishlarni tashkil qiladi va yuritadi;
- Xodimlar bilan birlamchi va davriy yoʼl-yoʼriqlar oʼtkazish hamda tuman Favqulodda vaziyatlar boʼlimini jalb qilgan holda texnika va birlamchi oʼt oʼchirish vositalaridan amalda foydalanish namoyishini oʼtkazish ishlarini amalga oshiradi.
a.kurbanov@rtmc.uz
+998 55-505-00-19 (1018)
Bo‘lim boshlig‘i
