"O‘zTTBRM” DUK da uchrashuv bo‘lib o‘tdi

avg 24 2023

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasida “New Skies Satellites B.V.” (SES Luxembourg ) kompaniyasining vakili Leyf Xort (Leif Hjort) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, joriy yil aprel oyida "O‘zTTBRM" DUK va “New Skies Satellites B.V.” (SES) kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama memorandum imzolangan edi.

Mazkur uchrashuvda tomonlar telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida “New Skies Satellites B.V.” (SES Luxembourg ) kompaniyasining vakili Leyf Xort (Leif Hjort) "O‘zTTBRM" DUK rahbariyatiga o‘zining minnatdorchiligini bildirar ekan, korxona faoliyatiga yuqori baho berdi.