O‘quv soati bo‘lib o‘tdi

may 10 2024

Zoom platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv soatida korxonaning Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmati boshlig‘i o‘rinbosari  S.To‘raxodjayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 26-oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibini yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 563-son qarorining mazmun va mohiyati mavzusida xodimlarga umumiy tushunchalar berib o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzida o‘tgan mazkur o‘quv soati yakunida xodimlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.