Faxriylar holidan xabar olindi

may 07 2024

7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!

Soha xodimlari kuni munosabati bilan “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasida uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan nafaqadagi faxriy xodimlar xolidan xabar olindi.

“O‘zTTBRM” DUK hamda tashkilotning kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan korxona faoliyatiga bag‘ishlab chop etilgan kitob-albom va oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami tarqatildi.