Butunjahon elektraloqani rivojlantirish konferensiyasining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

dek 15 2022

Xalqaro elektraloqa ittifoqining Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish byurosi (BDT) tomonidan har ikki vakolatli konferensiyalar o‘rtasida Shvetsariyaning Jeneva shahrida 2022 yil 5-9 dekabr kunlari Elektroaloqani rivojlantirish bo‘yicha Butunjaxon konferensiyasi birinchi Plenum yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur Plenum yig‘ilishida O‘zbektston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” DUK va  “UNICON.UZ” DUK  vakillari ishtirok etmoqda. 
Plenum birinchi yig‘ilishining ish rejasiga muvofiq, Barqaror aqlli shaharlar va jamoalar, AKTni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirishning eng yaxshi amaliyotlari, insonning elektromagnit maydonlarga taʼsiriga oid strategiyalar va siyosatlar, Elektron xizmatlar va tizimlar, jumladan, sog‘liqni saqlash va taʼlim texnologiyalarini faollashtirish, kontrafakt telekommunikatsiya/AKT qurilmalariga qarshi kurash va mobil telekommunikatsiya qurilmalarini o‘g‘irlashga qarshi kurash kabi mavzular kun tartibiga kiritilgan.