“O‘zTTBRM” DUK Telekommunikatsiya masalalari bo‘yicha axborot-tahlil bo‘limi mutaxassis lavozimlariga ishga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi

mar 11 2023

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi Telekommunikatsiya masalalari bo‘yicha axborot-tahlil bo‘limi mutaxassisi (yetakchi muhandis, 1-toifali muhandis va 2-toifali muhandis, oylik maoshi  4 mln. so‘mdan boshlanadi).    Malakaviy talablar:  Yoshi 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari mutaxassisligi bo‘yicha OTMni tamomlagan, Oliy ma’lumotli, soha yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek, rus, ingliz tillarini mukammal bilishi  (sertifikat IELTS va boshqalar).   Nomzodlar o‘zlari haqidagi ma’lumotlar (ob’ektivka)ni tmc@rtmc.uz elektron manzil orqali taqdim etishlari so‘raladi.  Izoh: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari  sohasi yo‘nalishi bo‘yicha 3-4 kurs talabalari ham suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda ishga qabul qilinishlari ham  mumkin.