Hurmatli foydalanuvchilar!

fev 28 2023


Sizga shuni maʼlum qilamizki, ekspluatatsiya xarajatlarining, eng kam ish haqi va kommunal xizmat tariflarining oshishi sababli 2023 yil 1 martdan boshlab qisqa maxsus raqamlarni ajratish uchun bir martalik to‘lov tariflari oshirilmoqda.

Siz qisqa raqamni ikki usul orqali olishingiz mumkin:
1. “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimidagi https://mobilraqam.uzex.uz/home manzilida elektron auksion orqali;

2. «O‘zTTBRM” davlat unitar korxonasiga bevosita murojaat qilgan holda.
Maxsus qisqa raqamni olish tartibi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni 1192 (Call-markaz) raqami orqali olishingiz mumkin.