apr 23 2024
“O‘zTTBRM” DUK tomonidan 10 mingga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi

Shu kunlarda muhtaram Prezidentimizning ezgu tashabbuslari bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda bahorgi ko‘chat ekish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Raqamli texnologiyalar vazirligining tegishli topshirig‘iga asosan “O‘zTTBRM” DUK xodimlari ham joriy yil bahorgi ko‘chat ekish tadbirlarida faol qatnashmoqda. Xususan Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Qiziltepa MFYda joylashgan O‘rmon xo‘jaligi hududida 3 ming tupdan ortiq terak ko‘chatlari, Farg‘ona viloyati Eko shaharda ming tupdan ortiq dekorativ ko‘chatlari, Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan Pavilg‘on MFYda ajratilgan yer maydonida sug‘orish tizimi tashkil etilib, 3 ming tupdan ortiq ko‘chatlar ekildi hamda bu haqda maʼlumotlar “yashilmakon.eco” platformasiga kiritildi.

apr 19 2024
Diqqat e'lon!

Joriy yilning 18-may sanasidan “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ ning “MOBILRAQAM” (https://mobilraqam.uzex.uz) savdo platformasida onlayn elektron auksion orqali sotiladigan maxsus qisqa raqamlar roʻyxati:

HUDUD

QISQA RAQAM

Toifa

Soni, dona:

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

1276, 1278, 1279, 1358, 1359, 1361, 1362, 1364, 1365, 1367

5- Toifa

10

apr 05 2024
“Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi

Navbatdagi yalpi majlisda “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri Senat aʼzolari tomonidan muhokama qilindi.

Taʼkidlangandek, mazkur Qonun bilan aholiga va telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda.

Jumladan, bugungi kunda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarning ayrimlarida tegishli infratuzilma ko‘zda tutilmagani sababli qayta qurilish ishlarini olib borishga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida bundan keyin bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy bo‘ladi.

Xususan, ko‘p qavatli uylarda yashovchilarning arizasi bo‘lganda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga binoda mavjud infratuzilmadan beg‘araz foydalanish imkoniyati yaratiladi. Operatorlarga telekommunikatsiya infratuzilmasi obyektlaridan birgalikda foydalanishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, Qonun bilan telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda. Qonunga ko‘ra endi bank, to‘lov tizimi, to‘lov tashkiloti, elektron tijorat platformasi ilovalari orqali xizmatlarni ko‘rsatishda telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya talab etilmaydi.

Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, Qonun normalari Konstitutsiyaga moslashtirilib, telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish ekanligi belgilab qo‘yilmoqda.

Senatorlar taʼkidlaganidek, Qonuni qabul qilinishi telekommunikatsiya infratuzilmasidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratish orqali xizmatlar qamrovi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Muzokaralardan so‘ng Qonun maʼqullandi.

apr 05 2024
O‘quv soati bo‘lib o‘tdi

Zoom platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv soatida Komplayens nazorati bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Utemuratov "Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari" mavzusida xodimlarga umumiy tushunchalar berib o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzida o‘tgan mazkur o‘quv soati yakunida xodimlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

mar 28 2024
O‘quv soati bo‘lib o‘tdi

Zoom platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv soatida Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmati yetakchi mutaxassisi B.Qurbonboyev "Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish soxasida boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikka qaratilgan chora-tadbirlar" mavzusida xodimlarga umumiy tushunchalar berib o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzida o‘tgan mazkur o‘quv soati yakunida xodimlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.