mar 28 2024
O‘quv soati bo‘lib o‘tdi

Zoom platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv soatida Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmati yetakchi mutaxassisi B.Qurbonboyev "Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish soxasida boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikka qaratilgan chora-tadbirlar" mavzusida xodimlarga umumiy tushunchalar berib o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzida o‘tgan mazkur o‘quv soati yakunida xodimlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

mar 28 2024
Oylik doirasida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi

Shu yilning 15 mart kunidan 15 aprel kuniga qadar yurtimizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi” oyligi o‘tkazilmoqda.

Mazkur oylik doirasida “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasida “Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, ulardan aholini va hududlarni muhofaza qilish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutining katta o‘qituvchisi L. Galimova favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasida xodimlarga umumiy tushunchalar berib o‘tdi.

mar 16 2024
“O‘zTTBRM” DUK xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda

Obod yurtimizning fayzi, tarovati o‘zgacha. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yana-da ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida yurtimiz bo‘ylab, “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

“O‘zTTBRM” DUK xodimlari ham tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida eʼtibor qaratib, umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Xususan, maʼmuriy bino joylashgan hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Xodimlar atrofda to‘planib qolgan chiqindilardan tozalab, oqartiruv va tozalash ishlarini amalga oshirishdi.

mar 13 2024
Radiochastota spektri va sunʼiy yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha ASHH komissiyasining 25-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

Joriy yil 11-15-mart kunlari Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida  “Radiochastota spektri va sunʼiy yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish” bo‘yicha ASHH komissiyasining (RCHS va Yo bo‘yicha ASHH komissiyasi) 25-yig‘ilishi, shuningdek, uning (Radioaloqa assambleyasi va Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga (BRK) tayyorgarlik bo‘yicha ishchi guruh, Radiochastota spektrini boshqarish bo‘yicha ishchi guruhi, Radioeshittirish bo‘yicha ishchi guruhi va ASHH Aloqa adminstratsiyasi 470-694 MHz chastota diapazonida «Jeneva-06» raqamli yer usti televizion eshittirish rejasiga qo‘shimcha kanallar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha loyiha guruhining birgalikdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish RCHS va Yo bo‘yicha ASHH qo‘mitasi raisi Butenko Valeriy Vladimirovich tomonidan ochib berildi. Shuningdek, Armaniston Respublikasi Yuqori texnologiyalari sanoati vaziri o‘rinbosari Pogosyan Avet Vilyamovich, ASHHning Ijroiya qo‘mitasi bosh direktori Borodin Aleksey Sergeyevich, XEI radioaloqa byurosining harakatdagi va turg‘un xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i Bogens Karlis Karlovichlar va yo‘ldoshli aloqa departamenti boshlig‘i Kadirov Timur Danilovich yig‘ilish ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan murojaat qildilar.

Yig‘ilishda Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa maʼmuriyatlarining 80 dan ortiq vakillari, shuningdek ASHH Ijroiya qo‘mitasi vakillari  va bir nechta xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

ASHH Komissiyasi va uning ishchi guruhlari yig‘ilishlari doirasida radioaloqa yo‘nalishidagi dolzarb masalalarini, ASHH mamlakatlarida raqamli yer usti televizion eshittirishning rivojlanish holati, Xalqaro bitim hisoblangan Radioaloqa Reglamentiga ilg‘or texnologiyalarini amaldagi texnologiyalarga halaqit bermagan holda turli xil shartlar bilan radiochastota polosasini ajratish uchun BRK-27 ning 30 yaqin kun tartibidagi masalalar bo‘yicha, ASHH aʼzo davlatlarning BRK-27ga taklif etayotgan hissalarini, murakkab relyefli joylarda chegaradosh davlatlar chastotalarni muvofiqlashtirish, ASHH Aloqa maʼmuriyatlarida joriy etilayotgan va rejalashtirilayotgan IMT tizimlari haqida va shunga o‘xshash 20 ga yaqin  muhim masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston Respublikasidan mazkur tadbirlarda Raqamli texnologiyalar vazirligi, «O‘zTTBRM» DUK, “UNICON.UZ” MCHJ, «EMMM» DUK mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

 

mar 11 2024
Xalqaro anjuman doirasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-15 mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) Standartlashtirish Byurosi 13 tadqiqot komissiyasining yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Avval xabar berganimizdek, mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari ham ishtirok etmoqda. 

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i, XEI Standartlashtirish Byurosi 13 tadqiqot komissiyasi (Kelajak tarmoqlari) raisining o‘rinbosari O. Asadov va "O‘zTTBRM” davlat unitar korxonasi direktori U. Shakirov bilan XEI Standartlashtirish Byurosi 13 tadqiqot komissiyasi raisi Kazunori Tanikava va 13 tadqiqot komissiyasi  maslahatchisi Tatyana Kurakovalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga va mustahkamlashga qaratilgan qator takliflarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida esdalik sovg‘alari topshirildi.